Ishlab chiqarish jarayonlari, ishbay maosh hisobi, savdo tahlillari, pul kirim-chiqimi va xodimlar boshqaruvi — barchasi Apointning yagona platformasida. Biznesingizdagi barcha jarayonlarni bir joydan nazorat qiling va aniq qarorlar qabul qiling.
Apoint bilan ish jarayonlaringizni avtomatlashtiring









Yangi kelgan yarim tayyor, tayyor yoki boshqa turdagi xomashyolarning qachon, qaysi kontragent yoki boshqa yetkazib beruvchi orqali, qancha miqdorda yetkazilgani, logistika xarajatlari bilan birgalikda tannarxi bir vaqtning o‘zida dastur orqali aniqlanadi. Bu jarayon xomashyoni qabul qilish va jo‘natish amallarini avtomatlashtiradi. Apoint omborni tezkor tekshirish, noto‘g‘ri yetkazib berish yoki kechikish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etadi hamda ishlab chiqarish liniyalari va savdo bo‘linmalariga yetkazib berishni yanada optimallashtiradi

Ombordagi mahsulotlarni qaysi joyda saqlanishini boshqaradi. Mahsulotlarni tez topish, ombor maydonini samarali ishlatish va harakat jarayonini optimallashtirishga yordam beradi. Ishlab chiqarish va logistika jarayonlarida vaqt va resurslarni tejaydi.

Apoint omborda o‘tkaziladigan inventarizatsiyani muntazam ravishda amalga oshirishda sizga yordam beradi. Xatoliklar, yo‘qotilishlar va noto‘g‘ri hisob-kitoblarni kamaytiradi. Xomashyo bilan bog‘liq ishlab chiqarish, savdo va moliyaviy hisobotlar ustidan nazoratni kuchaytiradi.

Hozirgi kunda omborxonada, ishlab chiqarishda, xizmat ko‘rsatish (usluga) jarayonida hamda tayyorlov bo‘limlarida qancha xomashyo borligi, ularning miqdori va qaysi xodimda turganini Apoint dasturi orqali yagona tizimda ko‘rish mumkin. Bu esa real vaqt rejimida aniq va to‘liq nazoratni ta’minlaydi.

Omborxonaga keltirilgan xomashyo ombor mudiri tomonidan RFID karta orqali qabul qilinadi. Ishlab chiqarish jarayoni uchun kerak bo‘lgan xomashyo tegishli bo‘lim yoki xodimga biriktiriladi va ular ham RFID kartasi orqali materialni qabul qilib, javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Ombordan chiqqan har bir xomashyo qaysi bo‘limga yoki qaysi buyurtmaga sarflangani bo‘yicha tizimda avtomatik qayd etiladi. Ishlab chiqarish jarayonidan ortib qaytgan xomashyo yoki mijoz tomonidan qaytarilgan tayyor mahsulot esa xodim yoki kontragentdan qayta qabul qilinadi.

Endi omboringizda butun bir partiya xom ashyo yoki oddiy muruvatni ham yo‘qotib qo‘ymaysiz. Siz ularni ishlab chiqarish jarayonida qaysi buyurtmaga sarflangani, qaysi mijozga yuborilgani va bu jarayonlarni kim amalga oshirganini birgina tizim orqali kuzatishingiz mumkin. Apoint sizni barcha gumon va shubhalardan ozod qiladi.





























































Qandolat ishlab chiqarish
Avto ehtiyot qismlar ishlab chiqarish
Un va don ishlab chiqarish
Ichimliklar ishlab chiqarish
Tekstil ishlab chiqarish
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
Farmatsevtika ishlab chiqarish